🔸O'zbekiston Yangiliklari

Dollar kursi ilk bor 9400 soʻmdan oshdi

Bugun Toshkent valyuta birjasida dollar kursi 9400 soʻmdan oshib yangi rekord oʻrnatdi.

 Bugun valyuta birjasida AQSH dollari kursi ilk bor 9403 soʻmni tashkil qildi. Bu 28 avgustda qayd etilgan kursga nisbatan 21 soʻmga koʻp.

Eslatib oʻtamiz, 20 avgustda Markaziy bank dollar kursini erkin suzishga qoʻyib yuborgan edi. Shu kundan boshlar dollar qiymati valyuta birjasida talab va taklifga asosan belgilanib kelmoqda.

Maʼlumot uchun, valyuta birjasi kursi banklardagi kursdan farq qilishi – bu odatiy holdir. Masalan Rossiyada valyuta birjasida kurs odatda Markaziy bank kursidan koʻra yuqoriroq.

TOSHKENT, 29 avg – Sputnik Uzbekistan

Комментарий здесь