🔸O'zbekiston Yangiliklari

Oʻzbekiston va Rossiya iqtisodiy hamkorlikni takomillashtirish masalalarini koʻrib chiqdi

Oʻzbekiston va Rossiya joriy yilda oʻtkazilishi rejalashtirilgan Mintaqalararo biznes-forum, Taʼlim va Media forumlariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha ikki mamlakatning tegishli tashkilotlari saʼy-harakatlarini birlashtirishga kelishib oldi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov telekonfrentsaloqa orqali Rossiya hukumat rahbari oʻrinbosari Aleksey Overchuk bilan Oʻzbekiston-Rossiya oʻrtasidagi savdo, investitsiya, sanoat kooperatsiyasi va logistka sohalaridagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabariga koʻra, tomonlar ikki mamlakat oʻrtasidagi soʻngi uch yil davomida koʻrsatkichlari keskin oʻsib borayotgan strategik hamkorlikning hozirgi holatini yuqori baholadilar. Shu bilan birga, investitsiya va savdo-iqtisodiy hakmorlikni yanada kengaytirish uchun foydalanilmagan ulkan imkoniyatlar mavjudligi, shuningdek, ushbu imkoniyatlarni amalga oshirish boʻyicha aniq takliflarni birgalikda ishlab chiqish zarurligi taʼkidlab oʻtildi.

Taʼkidlanishicha, qoʻshma savdo va logistika kompaniyalari va meva-sabzavotlarni ulgurji-tarqatish markazlarini tashkil qilish, qishloq xoʻjaligi klasterlari va boshqa loyihalarni amalga oshirish istiqbollari alohida koʻrib chiqildi.

Bundan tashqari, savdo sheriklik sohasidagi aniq takliflar, xususan, ikki mamlakat bozorlarida talab katta boʻlgan mahsulotlarni oʻzaro yetkazib berish koʻlami va hajmini kengaytirish choralari koʻrib chiqildi.

“Tomonlar, shuningdek, joriy yilda oʻtkazilishi rejalashtirilgan qoʻshma kongress-koʻrgazma tadbirlarini – Mintaqalararo biznes-forum, Taʼlim va Media forumlariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha ikki mamlakatning tegishli tashkilotlari saʼy-harakatlarini birlashtirishga kelishib oldilar”, – deyilgan xabarda.

Muhokama yakunlari boʻyicha oʻzaro manfaatli natijalarga erishish uchun taʼkidlab oʻtilgan yoʻnalishlarda hamkorlikni davom ettirish toʻgʻrisida kelishib olindi.

TOSHKENT, 27 apr — Sputnik Uzbekistan

Комментарий здесь