🔸O'zbekiston Yangiliklari

Pensionerlarning qarzdorlik summasi hisobdan chiqariladi

Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan pensionerlarning ortiqcha hisoblangan pensiya boʻyicha qarzlaridan voz kechiladi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subʼyektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi.

Farmonga koʻra, pensiyalar toʻgʻri tayinlanishi hamda toʻlanishi boʻyicha tekshirishlar natijasida aniqlangan, ortiqcha toʻlangan pensiyalar boʻyicha 2020 yil 20 aprel holatiga pensionerlarning qarzdorlik summasi hisobdan chiqariladi.

2020 yil 1 maydan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga (Davlat byudjeti hisobidan pensiya oluvchi shaxslardan tashqari) pensiyalar toʻlovi toʻgʻridan-toʻgʻri Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan amalga oshiriladi.

TOSHKENT, 28 apr — Sputnik Uzbekistan

Комментарий здесь